Jamiyat
Prezident rahbarligida oʻtayotgan yigʻilishda Qurilish inspeksiyasi faoliyatini jonlantirish zarurligi qayd etildi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻtgan bir yarim yilda ekspertizasi yoʻq 2,2 ming obyekt qurilishiga asossiz ruxsat berilgan.
Shuningdek, oʻtgan yil mobaynida roʻyxatdan oʻtkazilmasdan qurilishi boshlangan 1,6 mingta obyekt aniqlangan.
Shu bois, endi Qurilish inspeksiyasi Hukumat tarkibiga oʻtkaziladi va vakolatlari kengaytiriladi.
Ruxsatsiz yoki loyihadan chetga chiqib qilinayotgan qurilishlar boʻyicha jazo choralarini kuchaytiriladi.
Bunday holatlarni aniqlash uchun Qurilish inspeksiyasining texnik vositalardan, shu jumladan dronlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Oldinroq Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q