Super-kontraktning ballar kesimidagi qiymati qancha?

Saqlash
16:46 / 17.07.2024 611 0

Yetarli ball toʻplay olmagan abituriyentlar oʻz xohishi bilan super-kontraktda oʻqishlari mumkin.

 

Bunda super-kontraktning miqdori ballga nisbat qilinganda quyidagicha hisoblanadi:

 

▪️ 0,1 balldan – 1,0 ballgacha oddiy kontraktning 1.5 barobari miqdorida;

▪️ 1,1 balldan – 2,0 ballgacha oddiy kontraktning 2 barobari miqdorida;

▪️ 2,1 balldan – 3,0 ballgachaoddiy kontraktning 2.5 barobari miqdorida;

▪️ 3,1 balldan – 4,0 ballgachaoddiy kontraktning 3 barobari miqdorida.

 

Agar 4,0 balldan ortiq ball yetmasa va u sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun 75,6 ball, boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball va undan ortiq ballni toʻplagan boʻlsa tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorini toʻlaydi.

 

Bu miqdor yoʻnalishlarga qarab bazaviy kontraktning 8 barobardan 25 barobargacha belgilanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//