Jamiyat
Atoqli qoraqalpoq shoiri va mutafakkiri Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli tavalludining 200 yilligi nishonlanadi.
Bunda mazkur tadbirni oʻtkazishga masʼul tashkiliy qoʻmita tuziladi. Uning zimmasiga quyidagi topshiriqlar yuklatilmoqda:
▪️ shoirning “Tanlangan asarlar” toʻplamini oʻzbek va qoraqalpoq tillarida nashr qilish, uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlab yaratilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlarni qayta chop etish va taqdimotlarini oʻtkazish;
▪️ davlat buyurtmasiga binoan Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan sahna asarlari hamda “Ajiniyoz” badiiy-publitsistik filmini yaratish va ularning taqdimotlarini uyushtirish;
▪️ Nukus shahrida shoir ijodiga bagʻishlangan “Ayt, sen Ajiniyozning qoʻshiqlaridan” mavzusida mamlakatimiz yosh ijodkorlarining tanlovini, ijod maktablari oʻquvchilari oʻrtasida Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli hayoti va ijodiga bagʻishlangan insholar tanlovini oʻtkazish;
▪️ Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining hayoti va ijodiga bagʻishlangan kitoblar, tasviriy sanʼat asarlari va xalq amaliy sanʼati namunalari koʻrgazmasini oʻtkazish;
▪️ Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida shoir muzeyini tashkil qilish;
▪️ Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻlining Moʻynoq tumanidagi qabrini obodonlashtirish va unga yodgorlik oʻrnatish, mazkur tumanda Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli nomidagi ekopark barpo etish.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
111813
Jamiyat
94673
Jamiyat
90665
Jamiyat
75309
Jamiyat
//
Izoh yo‘q