Jamiyat
Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanidan oʻtuvchi Chirchiq daryosi oʻzanida hech qanday maxsus ruxsatnomalarga ega boʻlmasdan noqonuniy chiqindixona tashkil qilgan fuqaro M.D. 3 yil-u 9 oyga qamaldi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur yer tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan yer maydoni boʻlib, fuqaro uni 2023-yilning may oyidan 2024-yilning yanvar oyiga qadar oʻzboshimchalik bilan egallab olgan.
Xabarga koʻra, huquqbuzar daryo hududiga chiqindilar toʻkib, toʻgʻon hosil qilgan. U bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, qurilish chiqindilarini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketavergan.
Yakunda M. D.ning toifalangan hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rejimini buzib, noqonuniy chiqindixona tashkil qilganligi, hududga chiqindilarni maʼlum mablagʻ evaziga joylashtirib kelganligi oʻz isbotini topgan.
Aniqlik kiritilishicha, fuqaro daryoga 126.433,70 m3 chiqindi tashlanganligi oqibatida davlat manfaatlariga 3 mlrd 68 mln 206 ming 171 soʻm miqdorda zarar yetkazgan.
Shuningdek, u “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonunning 22-moddasi hamda “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar toʻgʻrisida”gi qonunning 41-moddasini ham qoʻpol ravishda buzgan.
Sud hukmiga binoan huquqbuzar JKning 59, 61-moddalari bilan aybli deb topilgan va 3 yil-u 9 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.
Bundan tashqari, undan davlat foydasiga 3 mlrd 68 mln 206 ming 171 soʻm zarar undirilishi belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q