Jamiyat
Joriy yilning 17–22-iyul kunlari respublikaning ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan 7 ta viloyatda sel xavfi eʼlon qilindi.
Jumladan:
▪️ Qashqadaryo viloyati – Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
▪️ Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
▪️ Jizzax viloyati – Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
▪️ Toshkent viloyati – Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
▪️ Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
▪️ Fargʻona viloyati – Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
▪️ Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda ham sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish ehtimoli bor.
“Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112178
Jamiyat
94861
Jamiyat
90936
Jamiyat
75718
Jamiyat
//
Izoh yo‘q