Iqtisod
BMTning maʼlum qilishicha, 2100 yilga borib Oʻzbekiston aholisining soni ikki barobarga ortadi.
Yaʼni, Oʻzbekiston aholisi 2100-yilning yanvariga borib 74,2 million kishiga koʻpayadi. Mazkur maʼlumotlar BMT tomonidan tahlil qilingan “Dunyo aholisining 2024-yilgi istiqbollari” hisobotida keltirilgan.
Maʼlumot uchun, hozirgi kunda Oʻzbekiston aholisi 37,1 million kishini tashkil etadi.
Hisobotda 2100-yil Oʻzbekiston aholisining oʻrtacha yoshi 39 yosh boʻlishi ham taxmin qilingan.
Shuningdek, mazkur maʼlumotda keltirilishicha, bu davrga borib dunyo aholisi taxminan 10,2 milliard kishiga etadi va umr koʻrish davomiyligi deyarli 82 yoshni tashkil qiladi.
2100-yilda aholi sonining eng katta tabiiy qisqarishi Xitoy va Hindistonda kutilmoqda. Bu davlatlarda oʻlim koʻrsatkichi yil davomida tugʻilish darajasidan mos ravishda 10,5 million va 7,4 million kishiga oshadi. Shunga qaramay, ular dunyoning eng koʻp aholisi boʻlgan ikki davlati boʻlib qoladi. Yaʼni, asr oxiriga kelib Xitoyda 638,6 million kishi, Hindistonda esa 1,51 milliard kishi istiqomat qiladi.
2100-yilda aholining eng yuqori tabiiy oʻsishi Afrika davlatlari – DR Kongo, Tanzaniya va Efiopiya, shuningdek, Osiyoda – Pokistonga toʻgʻri keladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q