Oʻzbekistonda ikkita yangi universiteti tashkil etiladi

Saqlash
14:23 / 16.07.2024 572 0

15-iyul kuni Prezident davlat oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayonlari, oliy taʼlim tizimida sifatni oshirish va xalqaro oʻquv dasturlarini tatbiq etishga oid hisobot bilan tanishdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, hozirda Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

 

Mazkur OTM Termiz muhandislik-texnologiya instituti hamda Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutini yiriklashtirish orqali tashkil topadi.

 

Yangi universitetda Ilgʻor muhandislik maktabi ham boʻladi. Unga bilimi yuqori talabalar tanlov asosida olinib, amaliyotga yoʻnaltirilgan maxsus taʼlim dasturlari asosida oʻqitiladi.

 

Bu maktabning yoʻnalishlariga mos sanoat hamkorlari belgilanib, zamonaviy laboratoriyalar quriladi. Ularning takliflari asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari yoʻlga qoʻyiladi.

 

Shuningdek, Toshkent shahrida ham Amerika texnologiyalar universiteti ochilishi kutilmoqda.

 

Uning faoliyati 2024/2025-oʻquv yilidan boshlanadi.

 

Universitetda quyidagi sohalar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi:

▪️ muhandislik;

▪️ arxitektura va dizayn;

▪️ axborot texnologiyalari;

▪️ sogʻliqni saqlash;

▪️ iqtisodiyot va moliya;

▪️ xalqaro munosabatlar.

 

Ushbu oliygoh bitiruvchilariga Arizona davlat universiteti yoki AQShda tan olinadigan hamkor xorijiy universitetning diplomi beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//