Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanidan oqib oʻtuvchi “Shahrixonsoy”dan kichik yoshdagi shaxsning jasadi topilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Andijon viloyati hokimi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, kichik yoshli bola taxminan 5-6 yoshda boʻlib, u ayol jinsiga mansub.
Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlari hududidagi tezkor oʻrganishlar davomida ushbu shaxs hududdagi bu yoshdagi farzandini yoʻqotgan hech bir oilaga bogʻliq emasligi aniqlangan.
Oʻrganishlar jarayonida qurbon Oʻsh shahridagi oilalardan biriga tegishli ekani tasdiqlandi.
Bunda olingan fotosuratlar Oʻshdagi oila vakiliga koʻrsatilgan. Yakunda ushbu shaxs qizaloq uning oʻz oilasidan ekanini tasdiqlagan.
Qirgʻiz nashrlarining yozishicha, sel qurboniga aylangan qizning onasi ham topilgan. U ham sel oqibatida halok boʻlgan.
Bugun, 15-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari sel olib ketgan ayolning jasadini topgan.
Jasad soat 11:30 da Oʻsh shahrining Katta-Terek hududidan oqib oʻtuvchi Oq-Buura daryosidan, Oʻzbekiston chegarasidan 500 metr uzoqlikda topilgan.
Aniqlanishicha, halok boʻlgan shaxs 1980-yilda tugʻilgan N.D. boʻlib, u “Toʻloykan” qishlogʻidagi “Mol-buloq” dam olish maskaniga kelib, bedarak yoʻqolganlardan biri.
Ayni paytda ayolning yana ikki qizi bedarak yoʻqolgan.
Maʼlumot uchun, 14-iyul kuni kuchli yogʻin oqibatida Qirgʻizistonning “Toʻloykon” va “Boʻrubay-ota” qishloqlariga sel kelgan. Tabiiy ofat Oq-Buura daryosi qirgʻoqlaridan toshib oʻtgan va Oʻsh shahrining bir qismini suv bosgan. Bedarak yoʻqolganlarning umumiy soni 5 nafar. Hozirda Oʻshda favqulodda holat joriy etilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q