Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, bugun, 15-iyuldan OTMlarda oʻqishni koʻchirish jarayonlari boshlanadi.
Bunda arizalar qabul qilish jarayoni 5-avgustga qadar davom etadi.
Quyidagi 2 ta platforma orqali arizalar qabul qilinadi:
◻️ transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
◻️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistondagi bir OTMdan boshqasiga koʻchirishda talabalar keltirgan 2 ta sabab inobatga olinadi, yaʼni oʻqishni koʻchirishga ruxsat etiladi:
▪️ Talaba turmushga chiqsa, turmush oʻrtogʻining yashash joyidagi OTMga;
▪️ Davlat xizmatchisining ish joyi oʻzgarganda, farzandi yoki turmush oʻrtogʻi tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan oʻqishini koʻchirishi mumkin.
Oʻzbekistonning oʻzidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMga oʻtish uchun imtihon topshiradi.
Mazkur imtihonda talabalar ushbu jadvalda koʻrsatilgan ballarni toʻplay olsa, oʻqishini koʻchira oladi.
Oʻtish ballini toʻplay olmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin.
@mandat_javobbot orqali oʻqishni koʻchirish boʻyicha fanlar majmuasi, baholash mezonlari, oʻtish ballari va “super-kontrakt” miqdorlari bilan tanishish imkoni mavjud.
Eslatma! Abituriyentlarga oʻqishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q