Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Xoʻjaobod va Jalaquduq tumanlari orasidagi koʻpriklardan biri qulagan holat tasvirlangan xabarlar tarqaldi.
Holat boʻyicha Xoʻjaobod tuman hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, togʻlarda yogʻgan kuchli yomgʻir tufayli yuzaga kelgan sel tufayli koʻprik ustunlarining osti yuvilib ketgan. Oqibatda esa koʻprikning asosiy qismi ham qulab tushgan.
Voqea bugun, 14-iyul kuni, soat 15:15 da sodir boʻlgan. Qulagan koʻprik “Oqboʻyra soy” ustidan oʻtgan boʻlib, u Xoʻjaobod va Jalaquduq tumanlarini bogʻlab turar edi. Voqea sodir boʻlgan joyga Andijon viloyati FVB rahbariyati, tuman hokimlik vakillari va Andijon viloyati FVB qutqaruvchilari yetib borgan.
FVVning xabariga koʻra, hozirda “Oqboʻyra soy” suv oqimi oʻz yoʻlida harakatlanmoqda.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q