Jamiyat
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanida ogʻil ota uyini yoqib yubordi.
Maʼlum boʻlishicha, bunga uning otasi va opa bilan chiqisha olmagani sabab boʻlgan.
Xabarga koʻra, sudlanuvchining opasi 2020-yilda oilaviy kelishmovchilik tufayli turmush oʻrtogʻi bilan arazlashib, ota uyiga qaytib keladi. Bu paytda xonadonda ogʻil oʻz oilasi bilan, shuningdek, ota bilan istiqomat qilib kelayotgan edi.
Oradan bir oz vaqt oʻtib opa-uka oʻrtasida nizo kelib chiqadi. Oraga ularning otasi qoʻshiladi va u qizining tarafini oladi. Oqibatda, oʻgʻil otasi va opasi bilan arazlashib qoladi.
3 yil shunday yashagach, oxiri oʻgʻil oilasi bilan Qoʻqon shahridagi koʻp qavatli uylarning biriga ijarada yashash uchun koʻchib oʻtadi.
Uyga oʻt ketish voqeasi 2024-yil 4 yanvar kuni sodir boʻladi.
Oʻsha kuni soat 11:30da oʻgʻil ota uyiga qaytadi va yana uyidagilar bilan janjallashib qoladi. Qoʻshnilar aralashadi. Oʻgʻilning alami ichida qoladi.
Shu kunning oʻzida, soat 19:30larda oʻgʻil otasi, opasi va xolasi oʻtirgan uyga oʻt qoʻyadi. U qilgan ishini ammasining oʻgʻliga telefon orqali aytadi.
Yongʻin kattalashib, qoʻshni uylarga ham oʻtib keta boshlaydi.
Voqea joyiga zudlik bilan yetib kelgan FVV xodimlari oʻtni oʻchiradi.
IIB xodimlari esa uyni yoqib yuborgan shaxsni soat 21:00da idoraga chaqiradi va uning ustidan ish ochadi.
Aniqlik kiritilishicha, yongʻin natijasida turar joy binosiga 49 mln 137 ming soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Yakunda gumonlanuvchi shaxs ustidan ochilgan sud ishi jinoyat ishlari boʻyicha Uchkoʻprik tuman sudida koʻrib chiqildi.
Sud uni Jinoyat Kodeksining 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topib, unga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan.
Shuningdek, sudlanuvchidan otasiga yetkazilgan moddiy zararni undirish ham belgilangan.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q