Fargʻona vodiysidagi eski mahallalarda koʻp qavatli uylar quriladi

Saqlash
19:57 / 12.07.2024 507 0

Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda soʻnggi uch yilda Qoʻqonda bor-yoʻgʻi 630 ta xonadonli 17 ta koʻp qavatli uylar qurilgani shahar ehtiyoji uchun yetarli emasligi qayd etildi.

 

Garchi “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurishga vodiy shaharlari atrofidan yer ajratilayotgan boʻlsa-da, Qoʻqon, Margʻilon kabi shaharlar, tuman markazlaridagi mahallalar qiyofasi eskiligicha qolib ketmoqda.

 

Shu sababli endi “Yangi Oʻzbekiston massivi” loyihasi mahallagacha tushiriladi.

 

Bunda shahar va tuman markazlarida 5 tadan eski mahallalar tanlab olinadi. Ularda 7-10 qavatli uylar qurish uchun xususiy sektor jalb qilinadi. Uylar birinchi galda ushbu mahalla aholisiga beriladi.

 

Yigʻilishda, shuningdek, mutasaddilarga Qoʻqondagi birinchi “Mahalla massivi” qurilishini boshlash uchun joy tanlash va loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

 

Bundan tashqari, Margʻilonda ham aholi soni oshib, tadbirkorlik rivojlanib borayotgani uning infratuzilmasini kengaytirishni taqozo etmoqda.

 

Soʻnggi besh yilda Margʻilonda 1 ming 164 ta xonadonli 33 ta uy qurildi, xolos. Hozirni oʻzida 5 mingta xonadonga talab mavjud.

 

Shu munosabat bilan shaharda 30 ming xonadonli “Yangi Oʻzbekiston” massivi, savdo kompleksi va biznes markazi, 2 ta maktab, 6 ta bogʻcha va 2 ta klinika quriladi.

 

Bundan tashqari, 20 gektar hududga “Burxoniddin Margʻiloniy bogʻi” koʻchiriladi. Hududga tegishli 50 gektarda sanoat zonasi tashkil qilinadi.

 

Shu bilan birga, yana 5 ta mehmonxona, Shoirlar va sanʼatkorlar xiyoboni, Maqom teatri, 50 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari ham quriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//