Jamiyat
Bilimni baholash agentligi 2024/2025-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish test sinovi oʻtkaziladigan binolar boʻyicha maʼlumot berdi.
Bunda:
▪️ Test sinovi oʻtkaziladigan hududning rasmi;
▪️ Hududga kirish joylari;
▪️ Test sinovi oʻtkaziladigan joy nomi;
▪️ Test sinovi oʻtkaziladigan joy manzili;
▪️ Bino raqami;
▪️ Test sinovi oʻtkaziladigan guruhlar;
▪️ Joylarning Google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi) keltirilgan.
Test sinovlarini oʻtkaziladigan binolarni ushbu manzil orqali topish mumkin.
Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi oʻtkaziladigan binolar boʻyicha maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Shuningdek, “Abituriyent ruxsatnomasi”da berilgan QR-kod orqali ham bino joylashgan manzilni aniqlash mumkin.
“Hurmatli abituriyentlar! Test sinovlariga kech qolmang! Oʻzingiz bilan pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasini olishni unutmang (aks holda test sinoviga kira olmaysiz)“, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q