Jamiyat
Joriy yilning 13–16-iyul kunlari respublikaning ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.
Shu sababli 6 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi eʼlon qilindi.
Jumladan:
▪️ Qashqadaryo viloyati – Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
▪️ Surxondaryo viloyati – Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
▪️ Toshkent viloyati – Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
▪️ Namangan viloyati – Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
▪️ Fargʻona viloyati – Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
▪️ Andijon viloyati – Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
Shuningdek, togʻ oldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilar ham sel xavfidan ogohlantirilmoqda.
“Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor. Bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q