Jamiyat
Xabaringiz bor, bugun, 11-iyun kuni Prezident Fargʻona viloyatiga bordi.
Tashrif doirasida bir qator yangi yirik loyihalarga start berish rejalashtirilgan edi.
Prezident Fargʻona viloyatida dastlab yangidan ochilib, ilk bor yirik havo kemasini qabul qilgan Qoʻqon aeroportidagi sharoitlar bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev ushbu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini taʼkidlab, buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar bergan.
Hozirda viloyatda 6 milliard dollarlik xorijiy investitsiyalar hisobidan 110 ta va yana 1,1 milliard dollarlik 22 ta mahalliy loyiha boʻyicha ishlar jadal ketmoqda. Ularda 20 mingdan ortiq ish oʻrni boʻladi.
Taʼkidlanishicha, “Qoʻqon” erkin iqtisodiy zonasi Quvasoy shahri boʻylab 210 gektarga kengaytiriladi. Unda qiymati 1 milliard dollarlik 185 ta loyiha joylashtirilib, 12 mingta ish oʻrni yaratiladi. Bundan tashqari, Qoʻqon shahrida 230 gektar maydonda “Oʻzbekiston – Xitoy” maxsus sanoat zonasi tashkil etiladi.
Yana bir muvaffaqiyatli loyihalardan biri – bu, Singapurning “Indorama” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi mineral oʻgʻitlar zavodi. Endi uning yuqori samarador kompleks oʻgʻitlar ishlab chiqarish boʻyicha 2-bosqichi ishga tushirilmoqda hamda 3-bosqichi boshlanmoqda. Bularning natijasida yiliga 300 ming tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarilib, qoʻshimcha 50 million dollarlik eksport taʼminlanadi.
Shuningdek, yana toʻrtta loyiha energetika sohasiga tegishlidir. Ular – Beshariq tumanida quyosh elektr stansiyasi, Oʻzbekiston tumanida elektr energiyasini saqlash tizimi, Fargʻona tumanida kichik gidroelektr stansiyalari.
Fargʻonaning Beshariq tumanida ham Germaniyaning “Hyper Partners” kompaniyasi bilan 500 megavattli quyosh elektr stansiyasi qurilishi boshlanmoqda. 350 million dollarlik mazkur loyihaning dastlabki 200 megavatti shu yilning oʻzida tarmoqqa ulanib, kelgusi yilda toʻliq ishga tushiriladi. Unda yiliga 1 milliard 600 million kilovatt soat yoki 675 ming xonadonning bir yillik isteʼmoliga teng “yashil” energiya ishlab chiqariladi. Natijada, 466 million metr kub tabiiy gaz tejaladi.
Oʻzbekiston tumanida esa 144 million dollar xorijiy investitsiya hisobiga 150 megavattli ilk elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etiladi. Xitoyning “Gezhouba Group” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi ushbu majmua shu yil yakuniga qadar ishga tushiriladi. U elektr energiyasiga talab ortgan vaqtda avtomatik ishga tushib, energetika tizimi barqarorligini taʼminlaydi.
“Ushbu zamonaviy stansiyalar energetika xavfsizligini taʼminlashga, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga, ekologik barqarorlikni yaxshilashga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumotga koʻra, mamlakatimizda 56 megavatt quvvatli 200 ta kichik va mikro GESlar qurish imkoniyati aniqlangan boʻlib, bu borada alohida dastur qabul qilingan.
Mazkur dastur doirasida Fargʻona tumanining cheka hududlarida ham 2 ta kichik GES barpo etilgan boʻlib, shundan birinchisi, Shohimardon qishlogʻida qurilgan 2,2 megavattli, ikkinchisi, Yuqori Vodil qishlogʻidagi 430 kilovattli stansiyalardir. Ular yaqin mahallalardagi aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.
Prezident marosimda ramziy tugmani bosib, bitgan korxonalar faoliyatini va yangi loyihalar qurilishini boshlab bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q