Jamiyat
Navoiy viloyatida firibgarni tutib berishni soʻragan fuqarodan Kiberxavfsizlik boʻlinmasi katta tezkor xodimi pora talab qildi.
Maʼlum boʻlishicha, Karmana tumanida yashovchi fuqaroning plastik kartasidan 62 mln soʻm pul mablagʻi noqonuniy tarzda yechib olingan. Buni bilib qolgan fuqaro ushbu shaxslarni shaxslarni aniqlab berishini soʻrab, viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmatining Kiberxavfsizlik boʻlimiga murojaat qilgan.
Bunday holatlarni fosh etish katta tezkor xodimning bevosita xizmat vazifasiga kirsa-da, u jabrlanuvchidan 600 dollar pora soʻragan.
Yakunda, xodim aytilgan pul mablagʻini olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q