Jamiyat
“Azizim”, “Shahnozalar”, “Kelasanmi?” qoʻshiqlari orqali tanilgan Jasurbek Jabborov Parkinson kasalligidan tuzalganini maʼlum qildi.
U Hindistonda murakkab operatsiyani boshdan oʻtkazgan.
“Bu kasallik boshlanganiga 8 yil boʻldi. Birinchi oʻng tarafdan boshlandi, keyin koʻpincha depressiyaga tushardim. Hech kimga bildirmasdan yurardim. Shifokorga koʻrinib, davolanib yurdim, lekin bari-bir zoʻrayib ketaverdi. Xullas, 4-5 yil uyda chiqmadim. Davolashlar taʼsir qilmadi. Bir xili taʼsir qildi. Bu kasallik bilan 4-5 yil kurashdim. Oxiri yengib chiqdim”, deydi xonanda.
Shuningdek, u xorijda davolanishi haqida ham soʻzlab beradi:
“Uydagilar chet elga koʻrsatamiz deyishdi. men yoʻq dedim. Yaxshi boʻlib ketaman dedim. Chunki chet elga borib koʻrinish ham osonmas. Xarajati bor. Oxiri majbur boʻlib Hindistonga bordim. Avvalga davolanishga borib, keyin operatsiya boʻlib qaytdim. Rejada operatsiya yoʻq edi”.
Xonanda yillar davomida qiynagan bu kasallik avtohalokat natijasida kelib chiqqanini aytadi:
“Qashqadaryodan toʻydan qaytayotganimizda avtohalokatga uchradik, juda qattiq qoʻrquv boʻldi. Oradan toʻrt oy oʻtib kasallik boshlandi. “Atirgullar ochdi chiroy”ni yozgandik, 2015-yillar edi. Ertalabdan oʻng tarafimda qaltiroq boshlanardi. Doktorlar avvaliga tashxis qoʻyisholmadi, keyin Parkinson kasalligi deyishdi. Unga hali davo topilmagan ekan. Ishongimiz kelmadi. Parkinson koʻpincha 50 yoshdan oshganlarda kuzatilarkan, lekin menda avtohalokatdagi qoʻrquv tufayli boʻldi deb oʻylayman. Chunki roʻparadagi mashina bilan qarama-qarshi kelib qolgandik”.
Jasurbek Jabborov, shuningdek, operatsiyadan chiqqan vaqtlarini eslar ekan, “shifokorlar ham bir-biriga meni koʻrsatib, operatsiyadan zoʻr chiqdi, juda muvaffaqiyatli oʻtdi, deyishardi. Chunki koʻpchilikda mimikalar qotib qolish holati ham boʻlarkan. Buning barchasi Allohdan, xalq duosidan”, deydi.
Taʼkidlanishicha, xonanda ogʻir ahvolda qolgani sababli xalqdan yordam soʻragan. Bu fikr tarjimondan chiqqan. Videolar tarqalgach 12 kun ichida 40 ming AQSh dollari yigʻilgan.
Xabarda yozilishicha, Jasurbek Jabborov unga xalq beminnat yordam qoʻlini choʻzganidan minnatdorligi bildirgan. Shu bilan birga, u ukasi bilan birgalikda oʻzi ham yordamga muhtoj bolalar davolanishi, operatsiya xarajatlarini qoplashda xayriya guruhi tashkil qilgani haqida maʼlum qilgan.
“Ijodga qaytish niyatim bor, lekin yana biroz vaqt kerak. Raqobat kuchli, yaxshilab tayyorgarlik koʻrganimdan soʻng qoʻshiq kuylayman. Xalq koʻp kutdi. Shunga yarasha ijod namunasini tayyorlash kerak-da. Tilagim – hamma sogʻ boʻlsin, hech kim hech qachon dard chekmasin, — deydi xonanda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q