Jamiyat
Xatirchi tumanida voyaga yetmagan bola ishtirokida sodir boʻlgan YTH yuzasidan batafsil tafsilotlar berildi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea joriy yilning 1-iyulida, soat taxminan 18:50larda boʻlib oʻtgan.
Oʻsha kuni N.A. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “BYD SONG” rusumli avtomobili bilan Xatirchi tumani hududidan oʻtuvchi yoʻldan harakatlanib borayotganida oʻzi bilan bir yoʻnalishda ketayotgan (oʻziga oldindan tanish boʻlmagan) fuqaro F.A. boshqaruvidagi “BYD SONG” rusumli avtomobil bilan raqobatlashib qoladi.
Haydovchilar harakatlanish davomida bir-birini quvib oʻtishga urinib, oʻzaro quvishib, ushbu yoʻlning Xatirchi tuman tibbiyot texnikumi yonidan oʻtgan qismida, tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyidan yoʻlning oʻng tomonidan chap tomoniga oʻtayotgan, 2016 yilda tugʻilgan Sh.Sh.ni (qiz bola) urib yuboradi.
Bunda qizchani dastlab N.A. boshqaruvidagi avtomobil turtib oʻtgan. Keyin uni F.A. oʻzi boshqaruvidagi avtomobil bilan urib-bosib oʻtib ketgan.
Voyaga yetmagan Sh.Sh. mazkur yoʻl-transport hodisasidan olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kunning oʻzida fuqarolar – N.A. va F.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan 4-iyul kuni haydovchilarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov eʼlon qilinib, shu kuni Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan va 5-iyul kuni ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Qarovsiz qolgan qizcha
YTH natijasida vafot etgan voyaga yetmagan Sh.Sh. 2016-yilda Xatirchi tumanida tugʻilgan. U tumandagi 14-sonli maktabning 2-sinf oʻquvchisi boʻlib, onasi M.Sh. uni “Yangirabod” MFYda yashovchi bobosinikiga bir kun oldin olib kelib, oʻzi Toshkent shahriga ishlash uchun ketgan.
Bobo-buvi qizaloqqa ularning 2010 yilda tugʻilgan oʻgʻli (tumandagi 14-maktabning 7-sinf oʻquvchisi N.T.) bilan birgalikda istirohat bogʻiga sayr qilishga borib kelishiga ruxsat bergan.
YTHdan oldin qizchaning qarindoshi N.T. birinchi boʻlib piyodalar oʻtish joyidan oʻtgan va biroz ortda qolgan, yoʻldan hali oʻtishga ulgurmagan qizaloqni chaqirgan.
Qizaloq transport vositalarining harakatiga eʼtibor bermasdan, piyodalar oʻtish joyiga yugurib chiqqan va koʻngilsiz hodisa sodir boʻlgan.
Mutasaddining eʼtiborsizligi
Xatirchi tumani “Yangirabod” MFY hududidan oʻtuvchi 4R48 “Zarafshon trakti” davlat ahamiyatiga ega yoʻl boʻlib, ushbu yoʻlning 127-kilometrida tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida tegishli yoʻl belgilari oʻrnatilgan va yoʻl yotiq chiziqlari chizilgan.
Yoʻl qoplamasi oʻsha vaqtda quruq holatda, kunning yorugʻ vaqti boʻlgan.
Shunday boʻlsa-da, ushbu piyodalar oʻtish joyida Xatirchi tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan tugmali svetofor qurilmasini oʻrnatilishi lozim edi.
Bunda svetoforni oʻrnatish dasturga binoan 2024 yil 1-chorak yakuniga qadar amalga oshirilishi kerak boʻlgan. Ammo mablagʻ ajratilmaganligi sababli hozirgi kunga qadar oʻrnatilmagan.
Ajablanarlisi esa, Xatirchi tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi direktori nomiga Navoiy viloyati YHXB tomonidan joriy yilda 2 marotaba tugmali svetofor oʻrnatish yuzasidan taqdimnomalar kiritilgan.
Yakunda taqdimnoma talablari bajarilmaganligi uchun Xatirchi tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga MjtKning 196-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q