Jamiyat
Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi boshqaruvidagi Equinox mashinasining aholi punktida soatiga 157 km tezlikda harakatlangani tasvirlangan video keng muhokamalarga sabab boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, Toshkent viloyati Angren shahrida yashovchi haydovchining ismi-sharifi – Madina Shamsutdinova.
U avtoulovni Angren shahri “Gurum” mahallasi koʻchalarida tez boshqargan va buni videoga olib, oʻz Instagram sahifasiga joylagan.
Shundan soʻng videoga ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari norozilik izohlarini yoza boshlagan.
Instagram foydalanuvchilari ayolga tanbeh berib, avtomobillarning tez yurishi oqibatida bolalar halok boʻlayotganini taʼkidlagan. Ayol esa ularga “U bolachalarning taqdiri onasining qornida yozilib boʻlgan” deya javob qaytargan. Oradan bir oz vaqt oʻtib, ayol videoni oʻchirib tashlagan.
Keyingi xabarlarga koʻra, haydovchi YHX boʻlimga olib kelingan va tegishli choralar koʻrilgan.
“(Voqea) taxminan bir oycha oldin boʻlgan. “Rent car”dan mashina olib, uyga qaytayotganimda, shunaqa tezlikda kelganman. Lekin men bunaqa tezlikda haydash mumkinmasligini, bunaqa tezlikka chiqarish mumkinmasligini, bunaqa yoʻlda 70 dan oshmasligini bilmasdim. Men bu videoyim bilan hech kimga targʻib qilib yoki birovga tavsiya qilmoqchi emasman. Qilgan ishimdan afsuslanaman. Menga qonuniy chora koʻrishingizni soʻrayman. Endi hech qachon qaytarilmaydi. Afsuslanaman. Oʻzim ham afsusdaman. Bugungi holatni koʻrib, ayniqsa. Oʻshanda “men boʻlsam-chi, mening farzandim boʻlganda-chi” degan narsa ichimdan oʻtdi. Boshqa qaytarilmaydi”, deydi u.
Xabarda yozilishicha, haydovchi ayol MjtKning 128−5-moddasi 2-qismi (Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga chiqishi) va 128−2-moddalari (Transport vositasini boshqarish vaqtida tele-, videodasturlarni tomosha qilish maqsadida monitordan foydalanish)ga koʻra maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
“Bir organ tomonidan bir nechta huquqbuzarlik koʻrib chiqilsa, bunda javobgarlik ularning ogʻiriga nisbatan belgilanadi. Shunga koʻra, ayolga nisbatan 128−5-modda 2-qismiga koʻra BHMning 10 baravari (3,4 mln soʻm) miqdorida jarima qoʻllandi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q