Mobiuz abonentlarining raqamlari toʻlovsiz ham vaqtincha ishlab turadi

Saqlash
16:37 / 05.07.2024 1196 0

Mobiuz hozirda avariyaviy-tiklash ishlarini olib borayotgani sabab toʻlov qilinmagan taqdirda ham abonentlarning raqamlari bloklanmasligini maʼlum qildi.

 

Taʼkidlash lozim, ayni paytda mazkur kompaniyaga tegishli raqamlarning balansini va turli toʻplamlar qoldigʻini tekshirish, yangi xizmatlarni faollashtirish, hisobni toʻldirish, yangi raqamlarni ulash kabi xizmatlardan vaqtincha foydalanishning imkoni yoʻq. Biroq mobil internet, qoʻngʻiroqlar va SMSlar odatiy tartibda ishlamoqda.

 

“Balansingizda yetarli mablagʻ boʻlmasa, tarif rejangizda yoki internet-toʻplamingizda megabaytlar qolmagan boʻlsa ham, kompaniya avariyaviy-tiklash ishlari davomida xizmat koʻrsatishni toʻxtatmaydi. Yaʼni, balansingizni toʻldira olmagan boʻlsangiz yoki tarifdagi toʻplamlar qolmaganligida, raqamingiz bandlanmaydi yoki manfiy balansga oʻtib ketmaydi. Siz aloqada qolishingiz va raqamingiz haqida qaygʻurmasligingiz mumkin!”, deyiladi kompaniya rasmiysining bayonotida.

 

Xabarga koʻra, ishlar muvaffaqiyatli yakunlangach kompaniya abonentlarni bu haqda xabardor qiladi hamda tarif va xizmatlar holatini qayta koʻrib chiqish uchun barcha zarur choralarni koʻradi.

 

“Biz xizmatlarimizni imkon qadar tezroq tiklashdan va raqamlaringizni boshqarish uchun sizlarga toʻliq imkoniyat berishdan manfaatdormiz”, deydi Mobiuz mobil operatori.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//