Jamiyat
Qashqadaryo viloyatida 8 kunlik chaqalogʻini 119 mln soʻmga sotmoqchi boʻlgan er-xotin qoʻlga olingan.
Maʼlum boʻlishicha, ular sharʼiy nikohda boʻlib, er ayolidan 18 yosh katta.
1971-yilda tugʻilgan, 7 farzandning otasi boʻlgan erkak oʻzi qorovul boʻlib ishlovchi korxonada 1989-yilda tugʻilgan ayol bilan sharʼiy nikoh asosida yashab kelgan.
Ular birgalikda tugʻilganiga 8 kun boʻlgan chaqalogʻini 119 mln soʻmga sotishni rejalashtirgan.
5-mart kuni chaqaloqni sotib olmoqchi boʻlgan shaxs erkakning uyiga borgan va ota 45 mln soʻmni olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan.
Xabarga koʻra, Jinoyat ishlari boʻyicha Qarshi tuman sudining 28-iyundagi hukmi bilan ota-ona Jinoyat kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan.
Hukmga binoan, erkakka 5 yil-u 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilgan. Ayolga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q