Jamiyat
Qiziltepa tumani Sheyxon qishlogʻidan boʻlgan Munavvara Choʻliyeva 6 ta fandan milliy sertifikat olib, kirish imtihonlari uchun oldindan maksimal 189 ball yigʻdi. Endi u imtihon topshirishi shart emas. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlum qildi.
Munavvara Choʻliyeva Qiziltepa tumanidagi 17-umumtaʼlim maktabining 11-sinfini 2023/2024 oʻquv yilida bitirgan. U 10-sinfligida ingliz tilidan til sertifikati va biologiya fanidan milliy sertifikatni qoʻlga kiritgan. 11-sinfda esa kimyo, oʻzbek tili va adabiyot, tarix va matematika fanlaridan milliy sertifikat oldi. U mutaxassislik fani sifatida biologiya va kimyo fanlarini tanlagan va bu fanlardan maksimal ball beradigan sertifikatga ega. Bunga qoʻshimcha ravishda majburiy fanlardan ham milliy sertifikatni oldi. Bu Munavvaraning muddatidan oldin oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplash mumkin boʻlgan (189 ball) maksimal ballga ega boʻlganini bildiradi.
Maʼlumot uchun, tegishli tartibga koʻra, umumtaʼlim fanlaridan A+, A darajali milliy sertifikatga ega boʻlgan abituriyentga bu fandan maksimal ball, B+, B, C+, C darajali milliy sertifikatlarga ega boʻlgan abituriyentga esa tegishli majburiy fanlar boʻyicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q