Madaniyat vazirining reklama roligida koʻrinish bergani muhokamalarga sabab boʻlmoqda

Saqlash
09:20 / 04.07.2024 897 0

Foto: Kun.uz

 

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov kiyim doʻkoni tavsiya qilingan rolikda koʻrinish bergani muhokamalarga sabab boʻlmoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, Toshkent shahrida joylashgan kiyim doʻkonlaridan biri Madaniyat vaziri doʻkonni reklama qilgan videorolikni oʻz Instagram sahifasiga joylagan.

 

Reklama materialida vazir doʻkon Toshkentning qoq markazida joylashgani, oʻzbekistonliklar Italiya sifatiga teng darajada mahsulotlar ishlab chiqarayotganini aytgan.

 

“Bu yerda kiyim-kechaklar, sport yoʻnalishidan tortib klassikagacha, barcha yoʻnalishlar mavjud. Kirib bir narsaga qoyil qoldim, Italiyaning eng yuqori sifatli mollaridan kam emas. Bu holatdan faqat faxrlandik. Barcha oʻzbek xalqini milliy mahsulotlarimizni qoʻllab-quvvatlashga chaqiramiz”, degan Ozodbek Nazarbekov.

 

Video joylangan sahifa izohida esa Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri, Oʻzbekiston xalq artisti va The Voice of Uzbekistan loyihasi hakamlaridan biri deb tanishtirilgan hamda unga eng aktual obraz taqdim etilgani taʼkidlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rasmiy munosabat bildirdi.

 

Unga koʻra, vazir reklama qilgan joy “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar doʻkoni boʻlgan.

 

“Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda reklama sohasiga oid qonunchilikni nazorat qilib borish hisoblanadi.

 

Yuqoridagilarga koʻra mazkur holat yuzasidan Qoʻmita tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 7-iyundagi “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuni doirasida oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilamiz”, deyiladi qoʻmita munosabatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:42 / 04.10.2024 0 318
10 yoshli bola IELTS'dan 7 ball oldi

Jamiyat

17:35 / 04.10.2024 0 310
Xususiy maktab oʻqituvchilari oʻquvchini urdi

Jamiyat

16:38 / 04.10.2024 0 215
Ijodiy faoliyatga oid qonun qabul qilindi

Jamiyat

14:43 / 04.10.2024 0 320
Ertaga 9 ta viloyatda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda

//