Jamiyat
Qonunchilikka koʻra, tazyiqni, zoʻravonlikni yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash jarima solishga sabab boʻladi.
Shuningdek, bunday mahsulotlarni Oʻzbekiston hududiga olib kirish, uni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan, OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish ham mumkin emas.
Mazkur tartibni buzganlar quyidagi miqdorda jarima toʻlaydi:
◻️ fuqarolar – BHMning 50 baravaridan 400 baravarigacha (17 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha);
◻️ mansabdor shaxslar – BHMning 100 baravaridan 450 baravarigacha (34 mln soʻmdan 153 mln soʻmgacha).
Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda tomosha koʻrsatib, “Shoqollar” sarlavhasi ostida zoʻravonlikni targʻib qiluvchi videolarni tarqatgan bir guruh yoshlar javobgarlikka tortilgani haqida xabar berilgan edi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q