Jamiyat
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining “Men oʻzbekistonlikman – qonimda gʻalaba” madhiyasi eʼlon qilindi.
Madhiyaga videokontent ham tayyorlangan.
Maʼlum boʻlishicha, video tarixiy natija qayd etib, Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Uzbekistanʼs Club” tashabbusi bilan suratga olingan.
Loyiha uchun esa Konstaning “Oʻzbekistonlik” treki madhiya sifatida tanlab olingan.
Maʼlumot uchun, suratga olish ishlarida bosh murabbiy Temur Kapadze va jamoa yulduzlari ishtirok etgan.
Taʼkidlanishicha, jahon darajasidagi ushbu videoni suratga olishda nafaqat eng yaxshi mahalliy mutaxassislar, balki germaniyalik kinooperator Maks Sui jalb qilingan.
Shuningdek, videoklipda terma jamoamizning barcha futbolchilari, jumladan, Abbos Fayzullayev, Eldor Shomurodov hamda murabbiy Timur Kapadze suratga tushgan.
Bundan tashqari, sanʼat va media sohasining yorqin namoyandalari ham suratga olish ishlarida qatnashgan.
Endilikda mazkur videokontent bilan birgalikda keng miqyosdagi #qonimdagalaba xalqaro chellenjiga start berilgan boʻlib, unda istalgan odam ishtirok etishi mumkin.
Ishtirok etish uchun xohlovchilar 17 iyulga qadar “Oʻzbekistonlik” trekidan foydalanib, futbol mavzusida suratga olingan 1 daqiqali kreativ videoni Instagram'ga #qonimdagalaba xeshtegi bilan joylashi talab qilinadi.
10 ta eng yaxshi videoning har biri uchun 50 million soʻm pul mukofoti beriladi.
Kontentlarni mashhur sportchilar va media vakillaridan iborat hayʼat aʼzolari saralab oladi.
Maʼlumot oʻrnida, loyiha tashabbuskorlari quyidagilar:
◻️ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi;
◻️ Oʻzbekiston futbol assosiatsiyasi;
◻️ Milliy Olimpiya qoʻmitasi;
◻️ Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi;
◻️ Yoshlar ishlari agentligi;
◻️ Tashqi ishlar vazirligi;
◻️ Investitsiya, sanoat va savdo vazirligi;
◻️ “Vatandoshlar”jamoat fondi;
◻️ Maʼnaviyat va maʼrifat markazi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q