Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarosi Nigeriya davlatidan keladigan merosga umid qilib, oʻzi yashab turgan uyni 90 ming dollarga sotgan va pulni meros vaʼda qilgan shaxsning hisob raqamiga oʻtkazib bergan. Bu haqida Kiberxavfsizlik markazi xodimi Hamroqulov Umidjon maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, jabrlanuvchi nigeriyalik firibgarlarning aldoviga uchgan.
Aniqlik kiritilishicha, Oʻzbekiston fuqarosiga “katta meros qolishi” haqida xabar kelgan. Buning uchun qanchadir pul oʻtkazishi kerak boʻlgan.
Achinarlisi, jabrlanuvchi 90 ming dollarning havoga uchganidan xulosa qilmay, yana pul oʻtkazmoqchi boʻlib yurgan. Sababi, u hamon pulni oʻtkazib bergan odamdan javob kelishi kutib yuribdi.
“Unga telefon qilgan. Yaʼni, “men kamazchiman. Senga qandaydir hujjatlar berib yuborilyapti. Men shu yerdaman. Menga 10 ming dollar oʻtkaz, men chegaradan oʻtib olay” yoki “mana bu xizmatga pul toʻlash kerak ekan” deya maydalab-maydalab 90 ming (dollar) pulni undirib olgan”, deydi Kiberxavfsizlik markazi xodimi.
Xabarda jinoyatga koʻrilgan chora haqida aytilmagan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q