1-iyuldan nimalar oʻzgaradi?

Saqlash
15:38 / 01.07.2024 882 0

Joriy yilning 1-iyulidan, yaʼni bugundan qonunchilikda bir qancha oʻzgarishlar kutilmoqda.

 

Jumladan:

 

Har bir fuqaro yoki oilaga berilgan moddiy yordamlarning hisoboti yuritiladi

1-iyuldan moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarni hisobga olishning yagona tizimini yaratish orqali har bir fuqaro (oila) uchun belgilangan ijtimoiy toʻlovlar, taqdim etilgan imtiyozlar, shu jumladan, subsidiyalar, xizmatlar va yordamlarning har bir fuqaro kesimida “Ijtimoiy himoya” ATda hisobi yuritiladi.

 

Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ochilgan davlat jamgʻarmalari va boshqa jamgʻarmalar integratsiya qilinadi.

 

Xususiy xususiy bandlik agentliklari endi pullik xizmat koʻrsatadi

Qonunchilikka koʻra, 1-iyuldan boshlab xususiy bandlik agentliklariga xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan shaxslarga Oʻzbekiston tashqarisida ishga joylashtirish boʻyicha xizmatlar koʻrsatganlik uchun haq undirishga ruxsat etiladi.

 

Dorini teleradiokanallar orqali reklama qiluvchi tomonlar SSV bilan hisoblashadi

Qonunchilikka koʻra, dori vositalaridan foydalanish bilan bogʻliq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan, xalqaro standartlar talablari asosida farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi.

 

Dori vositalari va biologik faol qoʻshimchalarni teleradiokanallar orqali reklama qilish uchun ishlab chiqilgan kontent Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan xulosa asosida efirga uzatiladi.

 

Bundan tashqari, endi yangi tashkil etiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar saqlanadigan bojxona omborlari va erkin omborlar majburiy ravishda “Zarur saqlash amaliyoti – GSP” talablariga muvofiq tashkil etiladi.

 

Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tartibi joriy etiladi

Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi.

 

Huquqiy maslahat byurolari tomonidan esa aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi.

 

Shu bilan birga, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda ham Huquqiy maslahat byurolari fuqarolarga koʻmaklashadi.

 

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda Face-ID usuli joriy qilinadi

Davlat xizmatlarini koʻrsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi.

 

Bunda Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʻra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi.

 

Ayrim kasallikka chalinganlar bepul davolanadi

Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan (21 yosh ham kiradi) bemorlar belgilangan tibbiyot markazlarining bolalar gematologiyasi va onkologiyasi boʻlimlarida, shuningdek, ular voyaga yetgunlariga qadar ushbu kasallik boʻyicha tibbiy yordam koʻrsatgan boshqa tibbiyot tashkilotlarida bepul davolanishni davom ettiradi.

 

1-iyuldan yoʻl boʻyidagi maktablar oldida maxsus radarlar oʻrnatiladi

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//