Jamiyat
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalar savdosi bilan shugʻullanuvchi shaxslar aniqlanib, qamoqqa olindi.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida DXX xodimlari tomonidan bojxona hamda ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.
Xususan, 1998-yilda tugʻilgan Ukraina fuqarosi va 2001-yilda tugʻilgan Ozarbayjon fuqarosi vaqtincha istiqomat qilayotgan Yuqori Chirchiq tumanidagi xonadonda 411 gramm “Alfa-PVP” sintetik giyohvandlik vositasi, 7 kiloga yaqin yarim tayyor narkotik moddalar hamda 237 kilo prekursorlar borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib musodara qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, ular ushbu manzilda yashirin narkolaboratoriya tashkil etib, xorijdan keltirilgan xom-ashyolar yordamida sintetik giyohvandlik vositalarini tayyorlash va sotish bilan shugʻullangan.
Sergeli tumanida qayd etilgan holatda, qoʻshni respublikadan xalqaro yoʻlovchi tashuvchi avtobus orqali yuborilgan 4 kilogram 799 gramm “Alfa-PVP” sintetik narkotikni qabul qilib olgan vaqtida mazkur tumanda yashovchi, 1985-yilda tugʻilgan shaxs qoʻlga olingan.
Aniqlanishicha, u Telegram messenjerida faoliyat yurituvchi narkodoʻkon uchun ombor vazifasini bajarib kelgan.
Yana bir shunday holatda, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi, 1999-yilda tugʻilgan shaxs oʻzining yashash xonadoni yaqinida joylashgan elektr transformatori ostiga kelgusida sotish maqsadida 584 gramm gashish moddasini yashirib qoʻygani aniqlanib, ushbu giyohvandlik vositasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Hozirda uchala holat yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, qonunbuzarlarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q