Jamiyat
Yoshlar kuni munosabati bilan yurtimizning faol va tashabbuskor yosh avlod vakillaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehr va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan quyidagi tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlansin:
Kuanishbayeva Gulayim Maxambetali qizi – Qoraqalpoq davlat universitetining 2-bosqich talabasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Srajatdinov Amanbay Konisbay uli – Nukus shahridagi “Real Innovatsiya NKS” nodavlat taʼlim muassasasi rahbari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Turdaliyev Sardorbek Sherali oʻgʻli – Baliqchi tumanidagi “Academy IT Star” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Andijon viloyati
Xaytaxmatova Dilnavoz Alijon qizi – Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining 2-bosqich talabasi, Andijon viloyati
Obloqulova Dilafruz Shuhrat qizi – Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasining raqamlashtirish va matbuot xizmati boʻyicha bosh mutaxassisi
Ostonov Ogʻabek Oʻlmas oʻgʻli – Jondor tumanidagi “Sharif Nafosat” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish yurituvchisi, Buxoro viloyati
Sattorov Elbek Xoliqul oʻgʻli – Baxmal tumanidagi “Azzam Elbekovich” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Jizzax viloyati
Hoshimova Shaxlo Ulugʻbek qizi – Jizzax politexnika institutining qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash kafedrasi assistenti, Jizzax viloyati
Pardayev Ulmasjon Dovurpulat oʻgʻli – Muborak tumani “Boʻston” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi, Qashqadaryo viloyati
Xoʻjayeva Roxilabonu Saidusmon qizi – “Uzbekistan GTL” masʼuliyati cheklangan jamiyatining markaziy laboratoriyasi laboranti, Qashqadaryo viloyati
Bafoyev Sherzod Ixtiyor oʻgʻli – Konimex tumanidagi “Boymurod” oilaviy shifokorlik punkti shifokori, Navoiy viloyati
Saidova Sevinch Asatillo qizi – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi kran mashinisti, Navoiy viloyati
Nabixonova Masturaxon Ibrohimxon qizi – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Namangan davlat pedagogika institutidagi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi, Namangan viloyati
Xusanov Muxammadali Alisher oʻgʻli – Uychi tumanidagi “Sanlitun” masʼuliyati cheklangan jamiyati ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati
Anorov Bohodir Qobiljon oʻgʻli – Payariq tumanidagi 84-umumiy oʻrta taʼlim maktabining ingliz tili fani oʻqituvchisi, Samarqand viloyati
Shodiyeva Madina Nuraliyevna – Samarqand shahridagi Registon ansamblini taʼmirlash va undan foydalanish direksiyasi gid-ekskursovodi, Samarqand viloyati
Ortiqboyeva Hilola Gʻulomjon qizi – Kurash boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi, Sirdaryo viloyati
Turdiqulov Islom Hayitboy oʻgʻli – Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filiali kimyo-texnologiyalar kafedrasi dotsenti, Sirdaryo viloyati
Ashurova Maftuna Ortiq qizi – Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining raqamli iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchisi, Surxondaryo viloyati
Xudoyberdiyev Shahzod Farxodovich – Shoʻrchi tumani yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻi, Surxondaryo viloyati
Gʻofurova Dinora Alisher qizi – “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatining “Oʻzbekiston” lokomotiv deposi “Afrosiyob” yuqori tezyurar elektropoyezdi mashinisti yordamchisi, Toshkent viloyati
Raxmatullayev Farxodjon Rustamjon oʻgʻli – Quyi Chirchiq tumanidagi “Sofia Ticaret” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati
Xasanov Xayitboy Xisenjonovich – Soʻx tumani “Sarikanda” mahalla fuqarolar yigʻinidagi yoshlar yetakchisi, Fargʻona viloyati
Xoliqova Guliraʼno Yulchiboy qizi – Rishton tumanidagi “Xoliqov Yoʻlchiboy” fermer xoʻjaligi boshligʻi, Fargʻona viloyati
Ollaberganova Muyassarxon Davlatboy qizi – Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali 1-bosqich magistranti, Xorazm viloyati
Yuldoshev Usmonbek Umarbek oʻgʻli – Urganch shahridagi “Glass Pro” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, Xorazm viloyati
Neʼmatov Miraziz Mirali oʻgʻli – Mirzo Ulugʻbek tumanidagi “Tanlanganlar” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent shahri
Xushvaqtova Moʻtabar Safar qizi – Ijtimoiy tarmoqlardagi “Urikguli” ekologik blogi asoschisi, Toshkent shahri
Zaripova Barno Ikrom qizi – Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani oʻqituvchisi
Ismatov Mirshoxid Rivojiddin oʻgʻli – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi huzuridagi “Loyihalar boshqaruvi markazi” nodavlat notijorat tashkiloti videomontajchisi
Mullodjanova Munisa Axmadjonovna – Oʻzbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi loyiha menejeri
Nabijonov Baxodirbek Sodiqjon oʻgʻli – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak transplantatsiyasi boʻlimi jarrohi
Tulanova Sevaraxon Baxodirjon qizi – Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada sanʼati instituti uslubchisi
Eshonqulov Muhammadali Olimjon oʻgʻli – “Yuksalish” nodavlat taʼlim muassasalari taʼsischisi
Yusupova Aysanem Azatovna – Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi aʼzosi, kinoaktyor
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q