Siyosat
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilishini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, havo harorati ko‘tarilishi natijasida yerusti temiryo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Buning natijasida poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin.
Shuningdek, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti prognoziga ko‘ra, O‘zbekistonda shu yilning iyul va avgust oyining boshlarida g‘ayritabiiy (anomal) issiqlik davrlari kuzatilishi, baʼzi kunlarda harorat uzoq muddatli o‘rtacha qiymatlardan sezilarli darajada ko‘tarilishi mumkin.
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q