Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda “Maʼrifatli oila” loyihasini boshladi.
.jpg)
Loyiha mamlakatdagi har bir oilaga ziyo va maʼrifat ulashish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, tarbiya, sadoqat, vatanparvarlik kabi tuygʻularni oiladan mahallaga, mahalladan butun jamiyatga olib boradigan tizim yaratishni koʻzda tutgan.
.jpg)
Namuna sifatidagi dastlabki targʻibot 26-iyun kuni Poytaxtning Olmazor tumanidan boshlandi. Endi mahallada “Oqila ayollar”, “Kitobxon oila”, “Bolalar dunyosi”, “Zakovat”, “Uch avlod uchrashuvi” kabi koʻplab loyihalar tashkillashtiriladi. Tadbir ishtirokchilari esa mahalladagi oilalar sanaladi.
.jpg)
Bundan tashqari, mahalladagi oilalarning birgalikda spektakl tomoshalari, muzey va konsert kabi madaniy hordiq chiqarish maskanlariga borishi tashkillashtirish rejalashtirilgan.
.jpg)
“Mahallarimizda maʼrifatli oilalar qancha koʻp boʻlsa, qadriyatlar davomli, anʼanalar barqaror, yoshlar toʻgʻri yoʻldan maqsadlari tomon dadil boradi” – deydi Otabek Hasanov.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q