Jamiyat
Hovli uylar joylashgan hududlarda “Mahalla servis kompaniyasi”ni tashkil qilish taklif etilmoqda.
Bunda mazkur tashkilotlar mahallalarni obodonlashtirish bilan shugʻullanadi, koʻchalar va ariqlar tozaligini taʼminlaydi, koʻchatlar ekib, parvarishlaydi.
Shuningdek, ular shartnoma asosida kommunal tarmoqlarni taʼmirlash, chiqindilarni saralash va tashish xizmatlarini ham amalga oshiradi.
Servis kompaniyasi mahalla fuqarolar yigʻini kengashining qarori asosida salohiyatli tadbirkorlar orasidan tanlab olinadi.
Obodonchilik ishlari mahallaning buyurtmasi va nazorati asosida amalga oshiriladi.
Servis kompaniyalari xizmatlariga toʻlovlar qilish uchun mahalla fuqarolar yigʻinlariga har oyda 20 mln soʻmdan mablagʻ ajratiladi.
Shu bilan birga, servis kompaniyalari aholiga 20 dan ortiq ijtimoiy pulli xizmatlar koʻrsatishi ham mumkin boʻladi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur amaliyot avval tajriba tariqasida 208 ta mahallada tashkil etiladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q