Jamiyat
Prezident Qarori bilan “Har bir fuqaro uchun – bir daraxt” tamoyili asosida koʻrik-tanlov tashkil etiladi va uni respublikada ommalashtirish choralari koʻriladi.
Bundan tashqari, endi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida choʻl, togʻli va togʻ oldi hududlarda choʻllanish va qum koʻchishi, tuproqning suv va shamol eroziyasining oldini olish hamda ekologik muhitni yaxshilash maqsadida himoya oʻrmonlari (ihota) barpo etiladi.
Shuningdek, dala chetlari, yaylovlar va ochiq yer maydonlarini madaniy ekinlar, butalar, galofitlar va choʻl oʻsimliklari bilan qoplashning foydali tomonlari toʻgʻrisida tashabbuskorlarga koʻrgazmali seminarlar tashkil qilinadi.
2024-yil yakuniga qadar esa qishloq xoʻjaligida iqlim oʻzgarishlarini monitoring qilish, hisobotini yuritish va tasdiqlash maqsadida milliy platforma yaratiladi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q