Kam ish haqi erta oʻlimga olib keladi

Saqlash
21:06 / 26.06.2024 481 0

Tadqiqotchilar qashshoqlik va ishsizlik odamlarning umrini qisqartirishini isbotladi.

 

Maʼlum boʻlishicha, erta oʻlimga olib keladigan asosiy sabablar qatoriga past daromad yoki maoshning kamligi ham kiritilgan.

 

Izohlanishicha, kam daromad qiladiganlar sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini sotib ololmaydi. Bundan tashqari, tibbiy yordam olishga ularning qurbi yetmaydi.

 

Amerikalik mutaxassislar shu maqsadda 1992–2004 hamda 1998–2010-yillarda ishlagan 4000 nafardan ortiq ishchining mehnat faoliyatini oʻrganib, 2018-yilda tadqiqot natijasini tahlil qilingan.

 

Aniqlanishicha, dastur ishtirokchilarining 17,9 foizi “notoʻgʻri ish bilan taʼminlangan”. 9,1 foizi past daromadga ega. 32,2 foizi esa doimiy tarzda kam maosh oldi. Qolgan 58 foizi umrida biror marta oʻz mehnatidan kam pul topmagan.

 

Xulosaga koʻra, har yili yuqori maosh oladigan 10 ming nafar insondan 199 nafari turli sabablar bilan olamdan oʻtadi.

 

Bu koʻrsatgich kam daromad qiladiganlardan qariyb 10 taga kam. Yaʼni, 10 ming nafar kam daromadlilardan 208 nafari hayotdan koʻz yumadi.

 

Doimiy kam maosh oladiganlardan esa yiliga 275 nafari (har 10 ming nafardan) vafot etadi.

 

Tahlil natijasi kam oylik oʻlim xavfini 1,35 foizga oshirishini isbotlagan.

 

Hisob-kitoblar shuni koʻrsatadiki, doimiy qashshoqlik erta oʻlim xavfi va ortiqcha oʻlim bilan bevosita bogʻliqdir.

 

Tahlilga tayangan tadqiqotchilar esa kam maosh oladiganlarning daromadlarini oshirish orqali jamiyatdagi ortiqcha oʻlimni kamaytirishi mumkin deb hisoblaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//