Jamiyat
Prezident Qarori bilan 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab maktablarda ota-onalarning farzand tarbiyasi borasidagi bilimini oshirishga qaratilgan “Namunali ota-onalar maktabi” loyihasi amalga oshiriladi.
Mazkur taʼlim maskanlarida “Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati” mavzusida tarbiya haftaliklari ham oʻtkaziladi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-dekabrgacha:
➖ oʻquvchilarda “huquqbuzarlikka qarshi immunitet”ni shakllantirishda “maktab – ota-ona – mahalla” hamkorligi zanjirini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan oʻquv va ommabop uslubiy tavsiyalar ishlab chiqiladi;
➖ ota-onalarning farzand tarbiyasiga oid dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan xalqchil tildagi adabiyotlar yaratiladi.
Joriy yilning dekabr oyida esa “Tarbiya – shaxs madaniy-maʼnaviy kamolotining mezoni” mavzusida xalqaro forum oʻtkaziladi.
Shuningdek, qarorga binoan 2025-yil yakunigacha ota-onalar, oʻqituvchilar va oʻquvchilar uchun yoshlar tarbiyasiga oid raqamli kontentlarni joylashtirish maqsadida “milliytarbiya.uz” elektron platformasi va uning mobil versiyasi ishlab chiqiladi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112429
Jamiyat
95089
Jamiyat
91308
Jamiyat
76007
Jamiyat
//
Izoh yo‘q