Jamiyat
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada taʼlim olish uchun 500 oʻringa moʻljallangan 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qildi.
Mazkur oʻrinlar 2024-2025 oʻquv yili uchun quyidagicha taqsimlanadi:
◻️ bakalavriat taʼlim dasturi uchun – 100 oʻrin;
◻️ magistratura taʼlim dasturi uchun – 250 oʻrin;
◻️ doktorantura taʼlim dasturi uchun – 150 oʻrin.
“Agar Siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat iqtisodiyoti va ilm-faniga innovatsion gʻoyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni oʻz oldingizga maqsad qilib qoʻygan boʻlsangiz – bu imkoniyat aynan Siz uchun!” – deyiladi xabarda.
Stipendiya tanloviga hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 25-iyunidan 25-iyuliga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Nomzodlar hujjatlarni topshirish jarayonida bugungi kunda amalda boʻlgan xorijiy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilinganligi yoki shartli qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taklifnoma-xat (Letter of acceptance yoki Letter of conditional acceptance), nufuzli universitetlarda oʻqiyotgan nomzodlar xorijda taʼlim olayotganligini tasdiqlovchi maʼlumotnomalarni yuklashlari talab etiladi.
Nomzodlar tomonidan nufuzli universitetlardan oʻqish xarajatlari boʻyicha grantlar (chegirmalar) mavjud boʻlgan taqdirda mazkur maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni yuklashlari shart.
Bakalavriat dasturida ishtirok etadigan nomzodlar maktabni, litsey va kollejni tugatganligini tasdiqlovchi attestat va diplomlar bilan ishtirok etishlari kerak boʻladi.
Maʼlumot uchun, saralash tanlovida davlat tilida suhbat oʻtkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi.
*Bu bilan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlash uchun qoʻshimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy koʻnikmalar darajasini aniqlash maqsad qilingan.
Tanlovga oid yangiliklar “El-yurt umidi” jamgʻarmasining www.eyuf.uz sayti orqali eʼlon qilib boriladi.
Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlarni Jamgʻarmaning onlayn hujjat topshirish platformasidan topish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q