Jamiyat
Oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz yashovchi hamda yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga shahar yoʻlovchilar transportidan (taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqi beriladi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida qabul qilingan qonun loyihasida mazkur jihatga ham eʼtibor qaratilgan.
Hujjatda, shuningdek, mazkur shaxslarga qilingan homiylik mablagʻlarini soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga qoʻshish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan ijtimoiy himoya milliy agentligi, uning hududiy boʻlinmalari tomonidan xotin-qizlar va bolalarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ogʻir ahvolga tushib qolgan va ogʻir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori boʻlgan shaxslar, shuningdek, oilalar manfaatlarini koʻzlab fuqarolik va maʼmuriy sudlarga arizalar, shikoyatlar, daʼvolar kiritilganda davlat bojini toʻlashdan ozod qilish belgilandi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90461
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q