Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirligining “Yoʻl transport hodisalarida jabrlangan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatilishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
Hujjat bilan YTHda jabrlanganlarga tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar birinchi yordam koʻrsatish tartibi belgilangan.
Yaʼni, voqea joyiga tibbiyot xodimlari yetib kelgunigacha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan shaxslar jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni koʻrsatadi.
Bunda mazkur shaxslar birinchi tibbiy yordamni voqea joyining oʻzida koʻrsatadi va tibbiyot xodimlarini kutadi.
Ushbu vaziyatlarda, yaʼni koʻrsatilishi kerak boʻlgan birlamchi shoshilinch yordam transport vositasining salonida turishi shart boʻlgan zarur tibbiy ashyolardan foydalaniladi.
Birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtganlarga quyidagi shaxslar kiradi:
▪️ ichki ishlar xodimlari;
▪️ harbiy xizmatchilar;
▪️ milliy gvardiya xodimlari;
▪️ favqulodda vaziyatlar vazirligining qutqaruvchilari;
▪️ avtotransport haydovchilik guvohnomalari mavjud shaxslar.
Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatuvchi shaxs avval ushbu yordamni koʻrsatish uchun quyidagi sharoitlarni baholaydi:
◻️ shaxsiy hayoti yoki sogʻligiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash;
◻️ yordam koʻrsatiladigan shaxs hayoti yoki sogʻligʻiga tahdid qiluvchi omillarni aniqlash;
◻️ hayot yoki sogʻliqqa tahdid qiluvchi omillarni bartaraf etish;
◻️ jabrlangan shaxslar sonini aniqlash;
◻️ jabrlangan shaxs(lar)ni sogʻliq va hayotga xavfsiz joyga koʻchirish.
Birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatuvchi shaxs jabrlanganning holatini quyidagi mezonlar bilan aniqlaydi:
➖ hayotga xavf soluvchi qon ketishini aniqlash;
➖ xushida ekanligini aniqlash;
➖ nafas olayotganini aniqlash.
Hujjatga koʻra, birlamchi shoshilinch yordam koʻrsatuvchi shaxs(lar) tez tibbiy yordam xizmatiga aloqaga chiqib, jabrlangan shaxs(lar)ning familiyasi, ismi, yoshi, jinsi, jabrlanish holati, joylashgan manzili va kontakt telefoni maʼlumotlarini taqdim etadi.
Tez tibbiy yordam xizmati yetib kelishi uzoq vaqt talab yetiladigan joylarda esa yordam koʻrsatuvchi shaxslar jabrlanuvchini yaqinroq tibbiyot muassasasiga yoki tashkil yetilgan tibbiyot punktiga yetkazish choralarini koʻradi.
Birinchi tibbiy yordam quyidagi holatlarda koʻrsatiladi:
🔘 hushsiz holatlar;
🔘 nafas va yurak ishi toʻxtashi;
🔘 tashqi qon ketish holatlari;
🔘 yuqori nafas yollarida yot jism;
🔘 tananing turli qismlari jarohatlari;
🔘 yuqori harorat taʼsirida kuyish;
🔘 muzlash (sovuq urishi) holatlari;
🔘 zaharlanish.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q