Jamiyat
Qozogʻiston Suv xoʻjaligi va irrigatsiya vazirligi Shimoliy Orol dengizida suv sathi ko‘tarilganini ma’lum qildi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonni oʻz ichiga olgan Davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 86-yigʻilishida tomonlar sugʻorish mavsumida Shimoliy Orolga 997 million kub metr suv oqib kelishiga kelishib olgan. Shuningdek, oqim yiliga kamida 30 kubometr boʻlishi belgilangan.
Hozirda dengizga soniyasiga 50 kub metr suv oqib kirmoqda. Bir yil avval suv oqimi soniyasiga 6 kub metrni tashkil qilgan.
“2024-yil boshidan buyon Shimoliy Orol dengiziga 1,1 milliard kub metr suv kelib tushdi. Shunday qilib, bugungi kunda Shimoliy Oroldagi suv hajmi 21,4 milliard kub metrni tashkil etdi”, – deyiladi dushanba kuni eʼlon qilingan xabarda.
Oldinroq Shimoliy Orol dengizini janubdan ajratib turuvchi Koʻkaral toʻgʻoni qurilishi tugallangan edi. Toʻgʻon Shimoliy Orol dengizida suv sathini koʻtarishga imkon bergan.
“Toʻgʻon foydalanishga topshirilgandan to bugungi kunga qadar Sirdaryodan Shimoliy Orol dengiziga 46,6 milliard kub metr suv, soʻnggi yetti yilda esa 13,3 milliard kub metr suv quyilgan. Yillar davomida Shimoliy Orolda suv hajmi kamayib bormoqda, biroq 2024-yil boshidan boshlab u yana oʻsishni boshladi va bugungi kunda 21,4 milliard kub metrga yetdi”, – degan Suv xoʻjaligi vazirligi rasmiy vakili Moldir Abdualiyeva.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q