Jamiyat
Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Denov tumanidagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 25-iyun tungi soat 02:12’da Denov tumani “Bobur” mahallasida joylashgan “Bek” MCHJga qarashli savdo majmuasi hududidagi 4 ta asosiy va 8 ta kichik savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va 90 kvadrat metr maydondagi buyum hamda kiyim-kechaklar yong‘indan zararlangan.
Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘on tumanlari FVBlarining 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:20 da yetib borib, yong‘in soat 02:30 da qurshab olingan va soat 03:50 da batamom o‘chirilgan.
O‘t o‘chiruvchilarning say-harakati natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va 48 ta savdo do‘koni hamda 500 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q