Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbek tili va adabiyot fani boʻyicha milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) toʻplagan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Unda:
– Oʻzbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti;
– imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan oʻzbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlari 2025-yil 1-yanvardan boshlab qoplab beriladi.
Agentlik:
a) 2024-yil 1-dekabrga qadar:
– davlat xizmatini koʻrsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini taʼminlaydi hamda Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlaydi;
– Adliya vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qilish boʻyicha texnik hujjatni ishlab chiqadi, kelishish va tasdiqlash uchun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritadi;
– Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda ariza beruvchilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravishda belgilangan mezonlarga mos kelishini aniqlovchi va maʼlumotlarni saralovchi, shuningdek, YaIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini kuzatib borish imkonini beruvchi xizmatni ishga tushiradi, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralarning YaIDXPga ulanishini va axborot tizimlarining oʻzaro integratsiya qilinishini taʼminlaydi;
b) 2024-yil 1-dekabrdan boshlab Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
d) oʻzbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etishga vakolatli tashkilotning tegishli imtihon topshirish xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda doimiy ravishda yangilab boradi.
Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan imtihon topshirish xarajatini kompensatsiya qilish haqida ariza beruvchilarning elektron reyestri axborot tizimini yaratadi hamda uni keyinchalik texnik qoʻllab-quvvatlash va takomillashtirish choralarini koʻradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q