Oʻzbekistonda tuhmat qilganlarga qanday jazo tayinlanadi?

Saqlash
19:51 / 24.06.2024 574 0

Tuhmat, yaʼni bila turib yolgʻon, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

 

Jumladan, MjtKda tuhmat qilgan shaxsga nisbatan 6,8 mln soʻmdan 20,4 mln soʻmgacha miqdorda jarima solinishi belgilangan.

 

Biroq, agar ushbu huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilsa, 68 mln soʻmgacha miqdorda jarima yoki 300 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

 

Tuhmat nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internetda joylashtirish orqali amalga oshirilsa, ushbu harakat jinoyat deb baholanadi va aybdorga quyidagicha jazo chorasi qoʻllaniladi:

 

▪️ 68 mln soʻmdan 136 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

▪️ 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▪️ 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;

▪️ 1 yilgacha ozodlikni cheklash.

 

Bundan tashqari, tuhmatning ahamiyati va oqibati ham inobatga olinadi.

 

Xususan:

◻️ ogʻir yoki oʻta ogʻir jinoyat sodir etishda ayblab;

◻️ ogʻir oqibatlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan holda;

◻️ xavfli residivist tomonidan;

◻️ gʻarazgoʻylik yoki boshqa past niyatlarda qilinsa –

 

▪️ 102 mln soʻmdan 170 mln soʻmgacha miqdorda jarima;

▪️ 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari;

▪️ 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//