Jamiyat
Nodavlat oliygohlar tomonidan ikki xil namunadagi diplomlar beriladi.
Bunda hujjatlar quyidagicha:
◻️ Davlat namunasidagi diplom – nodavlat oliygohlarda davlat standartiga javob beradigan oʻquv dasturidan foydalanilganda davlat namunasidagi diplom beriladi.
Yaʼni, bunda oʻquv dasturi davlat tizimida boʻlsa, nodavlat oliy taʼlim muassasasining diplomi davlat oliygohlari tomonidan beriladigan diplom bilan bir xil boʻladi.
◻️ Ixtiyoriy namunadagi diplom – nodavlat oliygohi oʻzi ishlab chiqqan oʻquv dasturi standarti asosida oʻqitayotgan boʻlsa mazkur turdagi hujjat berilishi mumkin.
Bunda talabaning mutaxassislik boʻyicha taʼlim dasturini toʻla oʻzlashtirishini kafolatlovchi hujjatlar mavjudligi inobatga olinadi.
Yaʼni, nodavlat OTMdagi taʼlim dasturi xorijiy yoki oʻzi tomonidan ishlab chiqilgan va u davlat dasturiga asoslanmagan boʻlsa, unda nodavlat oliygohlar oʻzlari istagan usulda diplom berishi mumkin. Beriladigan diplom namunasi (shakli) oliygoh tomonidan mustaqil yaratiladi.
Biroq, hujjatlarning davlat hududida “ishlash”ida farq boʻlmaydi.
Bunda ikkala diplom ham “Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun”ning 31-moddasiga binoan bir xil, yaʼni teng kuchga ega hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q