 
                   
                    Jamiyat
Kecha, 23-iyun kuni Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyadagi “Krokus Siti”da sodir etilgan terrorchilik hujumida jabrlangan rus oilalari bolalari kutib olingan.

Maʼlum boʻlishicha, bolalar 14 kunlik taʼtilni Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Anor” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida oʻtkazadi.

“Ularga mehmondoʻst tashkilotchilar tomonidan sport kiyimlari va zarur texnik jihozlari sovgʻa tariqasida ulashildi”, deyiladi xabarda.
Xabarga koʻra, bolalar turli sport turnirlarida, mahorat darslarida qatnashadi. Oromgohda ularga taniqli sport ustalari dars beradi.
Shuningdek, rasm chizish, raqs, teatr mahorati, musiqa, kompyuter sinfi hamda kutubxona bolalar ixtiyorida boʻladi.
Bundan tashqari, hordiq olish kun tartibidan suv sportlari festivali, qiziqarli kvestlar, komik estafetalar, xorijiy, mahalliy filmlar va spektakl namoyishlari, video-tanlov oʻtkazish ham oʻrin olgan.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109667
             109667
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89833
             89833
          Jamiyat
 72986
             72986
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q