Qarshida talaba pichoqlandi

Saqlash
22:39 / 23.06.2024 1127 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi davlat universiteti hududida bir erkak boshqa fuqaroni bir necha marta pichoqlagani, soʻng esa oʻziga pichoq urgani aks etgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi rasmiy munosabat berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, holat 2024-yilning 22-iyun kuni soat 08:30 larda Qarshi davlat universitetida sodir boʻlgan. Gap shundaki, fuqaro M.E oʻziga oldindan tanish boʻlgan S.T. (Qarshi dav. universiteti talabasi) bilan universitet hududida oʻzaro janjallashib, S.T.ning turli tana sohalariga yonida boʻlgan pichoqni 8 marotaba sanchib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

 

Shundan soʻng fuqaro M.E. oʻzining qorin boʻshligʻiga pichoq sanchib, oʻziga-oʻzi tan jarohati yetkazadi.

 

Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro M.E.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

“Jabrlanuvchi hozirda shifoxonada tibbiyot xodimlari nazorati ostida davolanmoqda. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan”, deyiladi bayonotda.

 

Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari shahar prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//