Jamiyat
Energetika sektorida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida erishgan natijalari evaziga O‘zbekiston Jahon bankidan to‘lov qabul qilgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Bu Jahon bankining mamlakatga energiya samaradorligini oshirish, energiya subsidiyalarini qisqartirish va toza energiya manbalariga o‘tishga ko‘maklashuvchi “O‘zbekistonda energetika islohotlari uchun innovatsion uglerod resurslarini qo‘llash” (iCRAFT) loyihasi doirasida amalga oshirildi. Ushbu turdagi loyiha bank tomonidan dunyoda birinchi marotaba amalga oshirilmoqda.
Xususan, iCRAFT loyihasi doirasida 500 ming tonnalik issiqona gazlari emissiyasi muvaffaqiyatli kamaytirilgani natijasida Jahon bankining Transformatsion uglerod aktivlari jamg‘armasi (TCAF) O‘zbekistonga 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi. Ushbu natijalarni uchinchi tomon mustaqil ravishda tasdiqladi.
Yuqorida keltirilgan toʻlov Oʻzbekiston hukumati va Jahon banki oʻrtasida iCRAFT loyihasi doirasida tuzilgan Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi boʻyicha kutilayotgan bir nechta transhlarning birinchisidir.
Bitimga ko‘ra, mamlakat energetika sektorini isloh qilish natijasida emissiyalarni, mustaqil ravishda tasdiqlangan holda, qisqartirganligi uchun 20 million dollargacha grant mablag‘lari yoki “uglerod moliyalarini” olishi mumkin bo‘ladi.
iCRAFT loyihasini amalga oshirish davomida Oʻzbekiston 60 million tonna issiqxona gazlari emissiyalarini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shundan 2,5 million tonnaga yaqin issiqxona gazlari loyiha doirasida mamlakatdan xarid qilinadi. O‘zbekiston qolgan uglerod birliklarini iCRAFT loyihasini amalga oshirish jarayonida yaratilgan va sinovdan o‘tkazilgan tizim va mexanizmlar yordamida xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo‘ladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q