Endi kredit tarixini berkitib qoʻyish mumkin boʻladi

Saqlash
21:51 / 21.06.2024 1040 0

2024-yilning 20-iyun sanasidan boshlab fuqaroning ruxsatisiz kredit tarixini hech kim oʻrgana olmaydi.

 

Maʼlum boʻlishicha, “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi kredit axboroti subyektlarining kredit tarixi va unga oid maʼlumotlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida “FREEZE” xizmatini ishga tushirmoqda. Xizmat hozirda test rejimida ishlaydi.

 

Bunda mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) oʻzlarining kredit tarixlarini “Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi orqali olinishiga taqiq qoʻyishlari mumkin boʻladi. Yaʼni, fuqaro oʻzining kredit tarixini tekshirishga toʻsiq qoʻya oladi.

 

Shunda kredit tarixi jismoniy shaxsning roziligi va xabarisiz oʻrganilishining oldi olinadi.

 

Ushbu xizmatdan dastlab test rejimida wwwinfokredit.uz veb-sayti orqali bepul foydalanish mumkin boʻladi.

 

Biroq 2025-yil 1-yanvardan xizmat pullik tarzda amalga oshiriladi. Bunda narx BHMning 0,03 barobari miqdorida(QQSni hisobga olmagan holda) boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//