Siyosat
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23–26-iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturida Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Unda Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqiladi.
Jumladan, tashrif kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, transport, logistika va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari oʻrin olgan.
Bundan tashqari, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlar ham muhokama qilinadi. Shuningdek, xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.
Xabarda aytishicha, sammit yakunlari boʻyicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplamini qabul qilish ham maqsad qilingan.
Davlat tashrifi doirasida Prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q