
Jamiyat
Bugun, 21-iyun kuni Vazirlar Mahkamasida Prezidentning tegishli qaroriga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat aʼzolariga tanishtirildi.
Bular quyidagilar:
Abduvaqqos Vohidovich Rafiqov – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi raisi.
Bungacha u “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruv raisining mahalliylashtirish kooperatsiya aloqalarini sanoatda kengaytirish va axborot texnologiyalari masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Azim Israilovich Axmedxadjayev – Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori.
Bungacha u Energetika vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Olimjon Muxamadjanovich Umarov – Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
Jamshid Yunusovich Tursunov – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi.
Bungacha u Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida ishlagan.
Amriddin Nasriddinovich Abduraxmonov – Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining yoʻl xoʻjaligi sohasiga ilgʻor xorijiy tajribalarni tatbiq etish va raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari. Mazkur nomzod Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan tayinlangan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q