Chiqindi tashuvchi mashinalar yuk skuterlariga almashtiriladi

Saqlash
23:55 / 20.06.2024 536 0

Sanitar tozalash xizmati sohasida texnikalardan samarali foydalanishning yangicha tajribasi joriy etilishi mumkin.

 

Maʼlum boʻlishicha, hozirda mavjud chiqindi tashuvchi mashinalar oʻrniga ekologik jihatdan xavfisiz, boshqarish qulay boʻlgan, kamxarj motoskuterlar xizmatidan foydalanish taklif etilmoqda.

 

Maxsus motoroller kuniga 2 martagacha aholi yashash joylaridan maishiy chiqindilarni olib chiqa oladi. U quvvatlantirilgandan soʻng soatiga 80 km tezlikda yura oladi.

 

Qayd etilishicha, yuk tashuvchi motorollerning xarid narxi 32 mln soʻm boʻlib, hozirgi kunda foydalanilayotgan chiqindi tashuvchi yirik transportlardan (narxi 869 mln soʻm) 27 baravar arzon hisoblanadi.

 

Shuningdek, mazkur turdagi transportni saqlash, taʼmirlash va ishchi kuchi kabi bir yillik xarajatlari 14 baravar hamda yoqilgʻi sarfi jihatdan esa 5 barobarga tejamkordir.

 

“Ushbu motorollerlar elektrga moʻljallangan. Ahamiyatlisi, ulardan keng foydalanish yoʻlga qoʻyilgach, sohada qoʻshimcha ishchi oʻrinlari soni ortadi. Elektro motorollerlar chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” chiqindilariga saralab tashishga moʻljallangan”, deyiladi xabarda.

 

Xabarga koʻra, dastlabki jarayonda tajriba sifatida 3 turdagi 150 ta motoroller xarid qilinadi. Ushbu transport vositalarini respublikaning barcha hududlarida sinovdan oʻtkazish rejalashtirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 216
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 79
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 431
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 201
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109271
72601

//